Главная » SPORT YANGILIKLARI

G'iyosovning kumush medalidan so'ng terma jamoamiz 26-o'rinda!


 

Kumush medalni 69 kg vazn toifasidagi bokschimiz SHahram G'iyosov terma jamoamizga taqdim etdi. Kechagi kun musobaqalaridan so'ng AQSH terma jamoasining umumiy medallari soni 93taga etdi. SHulardan 30tasi oltin, 32tasi kumush, 31tasi bronza medallaridir.

Ikkinchi o'rinni Buyuk Britaniya terma jamoasi band etgan. Ularning umumiy medallar soni roppa-rosa 50tani tashkil qilmoqda. Oltin medallar soni 19ta, kumush medallar ham shuncha, bronza esa 12ta.

Xitoy terma jamoasi uchinchi o'rindan joy olgan. CHin yurti jamoasi 19ta oltin, 15ta kumush, 20ta bronza medalini qo'lga kiritgan. SHu kungacha 54ta davlat terma jamoalari kamida bir nafar Olimpiada chempioniga ega bo'lib ulgurgan. Oltmish beshta terma jamoa hisobida esa kamida bittadan kumush medal bor. Roppa-rosa 80ta mamlakat terma jamoasi esa kamida bittadan bronza medaliga ega bo'lib turibdi.

MEDALLAR JAMG'ARISH. TOP-10

1. AQSH – 93 (30-32-31)

2. Buyuk Britaniya – 50 (19-19-12)

3. Xitoy – 54 (19-15-20)

4. Rossiya – 41 (12-14-15)

5. Germaniya – 29 (12-8-9)

6. Yaponiya – 33 (10-5-18)

7. Franciya – 31 (8-11-12)

8. Italiya – 23 (8-9-6)

9. Gollandiya – 15 (8-4-3)

10. Avstraliya – 24 (7-8-9)...

... 26. O'ZBEKISTON – 7 (2-1-4)


Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (18.08.2016)
Просмотров: 226 | Теги: Rio-2016 boks | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar