Главная » DUYNO XABARLARI

Germaniyada yashin urishidan 35 kishi jabrlandi


Germaniya Federativ Respublikasida yashin urishi oqibatida 35 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda “TASS”.

 

Politsiyaning ma’lum qilishicha, hodisa Xopshtedten (Reynland-Pfals) aholi punktida bolalar jamoasining futbol o‘yini davomida yuz bergan.

Jabrlanganlarning aksariyati to‘qqiz yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Ularning barchasi yaqinda joylashgan shifoxonaga yetkazilgan. Uchrashuv arbitri ham kasalxonaga joylashtirilgan. Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, chaqmoq aynan unga urgan.

Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

 

Источник: gooper.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (29.05.2016)
Просмотров: 199 | Теги: chaqmmoq, germaniya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar