Главная » DUYNO XABARLARI

Germaniyaning Ansbax shahridagi restoranlardan birida terakt yuz berdi




24 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 22.00 da Germaniyaning Ansbax shahridagi Eugens Weinstube restorani yonida portlash yuz berdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Portlash oqibatida bir kishi halok bo`ldi, 12 kishi yaralandi. Restorandan uzoq bo`lmagan joyda uch kunlik musiqa festivali o`tkazilayotgan edi. Teraktdan keyin festival to`xtatilib, ikki mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi.

Yakshanba kuni shahar oberburgomistri Kard Zaydel restoran oldida portlovchi qurilma ishga tushganini, Bavariya IIV esa portlash qasddan sodir etilganini ma`lum qildi. Kriminalistlar ishga tushib, portlash xudkush yordamida amalga oshirilganini aniqladi.

Olib borilgan tezkor ishlar natijasida portlashni voqea joyida halok bo`lgan suriyalik 27 yoshli yigit amalga oshirgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda 25 iyul kuni Bavariya federal erlari ichki ishlar vaziri Yoaxim Xerrmann Reuters'ga xabar berdi.   

IIV rahbariyati terakt amalga oshirilganiga ishonch bildirdi, chunki voqea joyidan halok bo`lgan yigitning mobil telefoni topilgan. U huquqni muhofaza qilish idorasi xodimlariga topshirilgan.

Xerrmannning so`zlariga ko`ra, suriyalik yigit bundan ikki yil ilgari Germaniyaga kelib, boshpana berish haqida iltimos qilgan. Ammo bundan bir yil ilgari uning iltimosi rad etilgan, deb xabar qiladi TASS.

Nordbayern.de portalining ma`lum qilishicha, ryukzak osib olgan yigit musiqa festivali o`tayotgan joyga kirmoqchi bo`lgan, ammo xavfsizlik xizmati xodimlarining odamlarni tekshirib o`tkazayotganini ko`rib, orqaga burilib, restoran tomonga ketgan.

Reuters'ning xabar berishicha, yigit polisiya xodimlariga yaxshi tanish bo`lgan, u ilgari ikki marotaba joniga qasd qilishga harakat qilga
n.

Источник: darakchi.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (25.07.2016)
Просмотров: 289 | Теги: terakt | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar