Gollivud aktyori Kirk Duglas 103 yoshida vafot etdi

Gollivud aktyori Kirk Duglas 103 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda aktyorning o‘g‘li Maykl Duglas Instagram’dagi sahifasi orqali  malum qildi.

“U butun dunyo uchun afsonaga aylangan, ‘oltin asr’ kinomatografiyasining aktyori, gumanist, o‘zining adolatga bo‘lgan sodiqligi bilan barchamizga o‘rnak bo‘lgan edi. Kirk uzoq umr ko‘rib, kelajak avlod uchun kinoda iz qoldirdi, shuningdek, taniqli filantrop sifatida jamiyat va jahondagi tinchlik uchun mehnat qildi”, — deb yozadi aktyorning o‘g‘li.

Kirk Duglas umri davomida 80 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. Ular orasida “Yovuzlar va go‘zallar” (1952), “Hayot chanqog‘i” (1956), “Mashhurlik yo‘lagi” (1957), “Spartak” (1960) filmlari butun dunyo bo‘ylab muxlislar qalbidan joy olgan. 1996-yilda kino sohasidagi ulkan faoliyati uchun u “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgandi.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari
Просмотров: 525 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:01
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz