Gruziyada “Paxtakor”da o‘ynagan futbolchi xotirasi uchun xiyobon tashkil etildi


Sentabr oyida Gruziya poytaxti Tbilisida joylashgan Mixail Mesxi nomli stadionda bir qator mashhur futbolchilarning shon-shuhrat xiyoboni ochildi. “Championat.asia”ning xabar berishicha, ular qatorida Toshkentning “Paxtakor” futbol klubining sobiq o‘yinchisi Zurab Sereteliga atalgan xiyobon ham ochilgan.Zurab Sereteli “Paxtakor”—1979 fojiasidan jamoaga yordam berish maqsadida tarkibga jalb etilgan bo‘lib, u jamoaga halokatda hayotdan ko‘z yumgan do‘stlari xotirasi uchun kelganini ko‘p takrorlab o‘tgan.

Zurab Sereteli “Paxtakor” safidagi 45 uchrashuvda oltita gol urgan. Uning “Paxtakor”dagi faoliyati 1981-yil yakunlangan va muxlislar so‘nggi o‘yinda uni olqishlar bilan kuzatib qo‘ygan.Gruziya sport delegatsiyasining O‘zbekistonga 2014-yilgi tashrifi doirasida Seretelining qizi Anna ham Toshkentda bo‘lib, otasining Mixail An va Vladimir Fyodorov bilan do‘st bo‘lganini ta’kidlab o‘tgandi.1992-yil 8-yanvarda Sereteli 38 yoshida Gruziyada avtohalokat natijasida vafot etgan. “Zurab Gruziya va O‘zbekistonda ishqibozlar mehrini qozonishga ulgurgandi”, —deyiladi “Paxtakor” saytidagi xabarda.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 951 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 15:29
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz