Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Gulbahor Erqulovaning oilasi og`ir judolikka yuz tutdi




 

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Gulbahor Erqulova o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali oilasidagi judolik haqida ma`lum qildi. 

Xonanda otasidan ayrildi. 

“Dunyoda aziz, mehribon otajonimga suyanib yashar edim. Ular ham meni tashlab, Yaratganning huzuriga ketdilar. O`zlari juda ko`p insonlarga yaxshilik ulashar, kim yordam so`rasa ortig`i bilan bajarar edilar. Ko`p vaqtlar davlat idoralarida ishlaganlar, hayotni yaxshi ko`rardilar. Yurtda bo`layotgan har bir narsani o`zining darajasida fikrlab, ‘Shunday kunlarga ilohim ko`z tegmasin’, deb duo qilar edilar”, deb yozdi xonanda otasini xotirlab.

“Sanatni o`ta baland darajada tushunar edilar. Sal engilroq qo`shiq aytsam, “Qizim, bunday qo`shiqlarga ovozingni uvol qilma, seni ovozing umuman boshqacha”, deb nasihat qilardilar. Sal sanatdan ko`nglim qolgandekligini sezsalar ‘Qizim, shu yo`lni tanlashingga o`zi zo`rg`a rozi bo`lganman, endi kimlarnidir deb tushkunlikka tushsang, xafa bo`laman, hali ular seni darajangga etguncha, juda ko`p vaqt kerak’, deb yupatib kelardilar.

22 iyun kuni to`satdan bu olamni tashlab, ko`zlarimni yoshlab ketdilar. Hassaga tayanmadilar yoki ko`zoynak taqmadilar. 60 yashar odamdek fikrlar edilar”, deyodi Gulbahor Erqulova so`zlarini davom ettirar ekan. 


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (27.06.2016)
Просмотров: 893 | Теги: Gulbahor Erqulova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar