Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Guli va Sharof Sharapovlar to`ydan oldin fotosessiya o`tkazdi(Foto)




 

Aktyorlar Sharof Sharapov va Guli Sharapova(Eshonqulova)lar ayni paytda Samarqand shahrida odatda to`ydan oldin o`tkaziladigan fotosessiyani o`tkazdi. Guli va Sharofning o`zi bu haqda ochiq gapirmayotgan bo`lsa ham ularning ijtimoiy tarmoqlarga joylayotgan suratlariga qarab shunday xulosaga kelish mumkin. Biroq Sharof va Gulchehra o`zlarining bundan bir necha soat oldin kelin kuyov obrazida tushgan suratlari ostiga "Skoro", ya`ni "Tez kunda" degan izohni yozib qoldirishgan. 

Ma`lumot uchun, Sharof Sharapov va Gulchehra 2015 yilning 30 mayida rasman nikohdan o`tgan, 2016 yilning 6 iyulida esa o`g`il farzandli bo`lgan edi.  

Eslatib o`tamiz, o`zbek san`atkorlari orasida farzandli bo`lganidan so`ng to`y qilish holati birinchi bor kuzatilayotgani yo`q. Shohruh reper ham o`g`il farzandli bo`lganidan so`ng farzandining onasiga to`y qilib, uylangan edi. 


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (28.09.2016)
Просмотров: 578 | Теги: Guli Sharapova, Sharof Sharapov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar