Gulsanam Mamazoitova “jurnalistlar” sabab konserti oldidan matbuot anjumani o‘tkazishni xohlamadi


O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova shaxsiy hayoti va ijodiga doir savollarga javob berdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

“Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida u “Kasbingizning haligacha o‘zingizga yoqmaydigan taraflari bormi?” degan savolga:

“San’atkor xalq xizmatlariga borganida, dunyoqarashi, bilimi, farosati ham har xil odamlarga duch keladi. Uning tashrifi kimgadir yoqadi, kimdir uni to‘g‘ri tushunadi, kimdir qabul qilmaydi, nojoizlikka yo‘yadi. Mana shunday vaziyatga tushsam, to‘ylarga san’atkor sifatida borgim kelmay qoladi”, — deya javob berdi.

Shuningdek, xonanda konserti oldidan matbuot anjumani o‘tkazmayotganligiga quyidagicha izoh berdi:

“Matbuot anjumani o‘tkazishni xohlamadim. Chunki hozir havaskor ‘jurnalist’lar ko‘p. Ularning mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan, bo‘lar-bo‘lmas savollariga javob berib vaqtimni ketkazishni, asabimni buzishni xohlamayman. Lekin haqiqiy jurnalistlarning savollariga soatlab javob berishim mumkin”.



Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Gulsanam
Просмотров: 933 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 19:44
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz