Hakerlar doping qabul qilgan sportchilarning yangi ro'yhatini chop etdi


 
Butunjahon aksildoping agentligi WADA’ning ma`lumotlar bazasi ADAMS’ni buzib kirgan hakerlar o'z g'alabalarini taqiqlangan kimyoviy vositalar ostida qo'lga kiritgan sportchilar ro'yhatini chop etdi.

 
 
Ro'yhatdan Buyuk Britaniya, Daniya, Avstraliya, Ispaniya va Germaniyadan 11 sportchi joy oldi. Ro'yhat Fancy Bears hakerlik tashkiloti saytida joylashtirilgan.
 
Sportchining nomi bilan atalgan har bir faylda ADAMS’dan olingan hujjat kiritilgan. Ro'yhatda boks bo'yicha 2016 yilgi Olimpiada chempioni, britaniyalik Nikola Adams nomi ham bor. U uchta taqiqlangan vosita qabul qilgan.
 
Ro'yhatda shuningdek suzish bo'yicha 2016 yilgi Olimpiada oltin va bronza medallari sohibasi Mireya Bel'monte, velosport bo'yicha chempion Lora Trott va Avstraliya, Daniya va Germaniyadan yana 8 nafar sportchi bor. 
 
Sportchilarning taqiqlangan vositalarni qabul qilishining har bir holatida u yoki bu dopingni qabul qilishga tibbiy ko'rsatmalarga ko'ra ruhsat berilgan. G'arb sport amaldorlari ma`lumotlar bazasini buzib kirishda Rossiyani ayblamoqda. Kreml' esa bu ayblovlarni rad etmoqda.  


Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Hakerlar doping qabul qilgan sportc
Просмотров: 1144 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 06:09
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz