Главная » DUYNO XABARLARI

Hayotining so`nggi daqiqalarini yashayotgan ayol farzandiga ota-ona izladi




 
Trisiya Somers hayotining so`nggi lahzalarini yashayotganligini yaxshi bilardi, deb xabar beradi “Nonbox.ru” shahri.
 
Ayol endigina 45 yoshga kirgan bo`lsa-da, ammmo jigar saratoni uning yashashiga hech qanday imkon qoldirmagandi. Uni kuchli jismoniy og`riqlar, ajal emas, farzandining yolg`iz qolishi ko`proq tashvishga solardi. Trisiya farzandini yolg`iz, otasiz voyaga etkazardi. Vafotidan keyin bolasining yomon qo`llarga tushib qolishidan juda xavotirlanardi. Ba`zida inson kelajakda o`zini nimalar kutayotganidan bexabar bo`ladi.
Navbatdagi kimyoterapiya paytida u ismi ham, familiyasi ham uniki bilan bir xil bo`lgan Trisiya Siman degan hamshira bilan tanishib qoldi. Bu ayolga nisbatan unda so`z bilan ifodalash qiyin bo`lgan iliqlik paydo bo`ldi va u izlayotgan odam aynan shu ayol ekanligini ichki tuyg`usi bilan his qildi. Faqatgina shu ayol yolg`iz farzandiga ona bo`lishiga ishonch hosil qildi.
Vrachlar uning sanoqli oylar umri qolganligini aytishganda, o`g`li Uesli endigina sakkiz yoshga kirgandi. Ayolning hech kimi yo`q, o`g`li ham otasiz voyaga etmoqda edi. Agar u vafot etadigan bo`lsa, o`g`li biror befarzand oila qaramog`iga berib yuboriladi. Ammo u yomon oilaning qo`liga tushib qolsa-chi, degan o`y unga tinchlik bermadi. Shunda Trisiya ortiq kuta olmasligini tushundi va yoqimtoy hamshiradan “O`limimdan keyin o`g`limga g`amxo`rlik qilolasizmi?”, deb so`radi.
 
Hamshira ayolning bu gapiga tezda javob qaytarolmadi, axir bunday savol har kuni berilmaydi. Uning o`zi to`rt farzandni voyaga etkazyapti, begona ayolning gapiga nima deb javob berishni bilmay, kalovlandi.
“Men unga nima deb javob berishni bilmay, yuksak ishonchi uchun minnatdorchilik bildirdim va o`ylab ko`rish uchun biroz vaqt berishni so`radim, – deb xotirlaydi hamshira. –  Ammo o`shandayoq unga rad javobi berolmasligimni yuragimning tub-tubi bilan angladim”. 




 
Hamshira turmush o`rtog`i Daniel bilan Ueslini farzandlikka olish to`g`risida maslahatlashdi. Uning taklifini Daniel ham qo`llab-quvvatladi. Bemor ayol judayam og`irlashib qolganda, Simanlar oilasi uni va o`g`lini oilalarida yashashga taklif qildi va unga “Endi men sizning hamshirangiz emasman, biz yagona oilaga aylandik”, dedi. 
 
Quyidagi surat Trisiya Somers vafot etishidan sal ilgari olingan. Vrachlarning bashorat qilishlari bo`yicha, uning umri tugagan edi, ammo u yangi oilada o`zini juda ham baxtli his qildi, hattoki ular bilan dam olishga dengizga ham birga bordi.
 
Endilikda Uesli Somers katta oilada yashaydi, uning uch opasi va bir ukasi bor. “U judayam aqlli bola, uning yaxshi o`qishi va muvaffaqiyatlarga erishishida qo`limizdan kelgancha yordam beramiz,  — deydi bolaning boqib olgan onasi. — Uesli yolg`iz emasligini yaxshi biladi, endi u haqda qayg`uradigan yangi oilasi bor”.
O`limga mahkumligini bilib, farzandini begona ayol, begona oilaga topshirgan ayol haqida hatto hujjatli film suratga olindi. Uning aynan shu oilada o`g`li baxtli bo`lishini ilgaridan qanday bilgani, biz uchun qorong`i. Har qalay onaning yuragi aldamaydi, u eng yaxshi maslahatchidir..

Источник: darakchi.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (26.11.2016)
Просмотров: 542 | Теги: ONA | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar