Главная » BILASIZMI?

Hayratomuz Faktlar





 

— Begemotlar suv ostida dunyoga keladi.
— Orangutanglar yuzaga kelayotgan xavf haqida oldindan xabar beradi.
— Yumronqoziq bir kechada 76 metr tunnel qazishi mumkin.
— Chuvalchangning tishlari 25 mingga yaqin xolos.

— Asalari 1 kilogramm asal yig‘ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak.
— Nil daryosidagi timsohlar tufayli har yili 1000 dan ortiq inson halok bo‘ladi.
— Tuyaqushning tuxumini qaynatish uchun 4 soat vaqt kerak bo‘ladi.
— Sherlar galasida o‘ljaning 90% ni urg‘ochi sherlar topib keladi.
— Yalqov (hayvon) umrining 75 foizini uyquda o‘tkazadi.
— Kolibri (qush) yura olmaydi.
— O‘txo‘r hayvondan yirtqich hayvonni farqlashning eng oson yo‘li: yirtqichlarda ko‘zlar o‘z qurbonini ko‘rish uchun yuzning old tomonida joylashgan bo‘ladi, o‘txo‘rlarda esa yuzining ikki chetida — o‘z dushmanlarini ko‘rish uchun.
— Ko‘rshapalak — ucha oladigan yagona sut emizuvchi jonzot.
— Yerda yashagan barcha hayvonlarning 99% i qirilib ketgan.
— So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi.
— Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
— Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
— Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
— Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuboradi.
— Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi.
— Dastlab Avtstraliyaning 50 sentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan.
— Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan kitob — “Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
— Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.
— Sahroi Kabirda bir martagina — 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan.
— 1983 yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan davlat — Vatikan.
— Nil daryosi ikki marta — IX va XII asrlarda muzlagan.
— Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan.
— Las-Vegasning kazinolarida hech qayerga soat qo‘yilmaydi.
— Eskimoslar tilida “qor” so‘zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so‘z bor.
— Italiyada “Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko‘proq.
— Fransiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi.
— Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi.


Источник: gooper.uz
Категория: BILASIZMI? | Добавил: AdminoFF (02.10.2016)
Просмотров: 427 | Теги: faktlar, bilasizmi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar