Главная » DUYNO XABARLARI

Hech kim tashrif buyurmagan to`y dunyo ahlini hayratga soldi



 

Haqiqiy muhabbatning yo`lini hech nima, hatto dovul ham to`solmaydi. Xitoylik kelin-kuyov noqulay vaziyatda qoldi, to`yga taklif etilgan 300 kishidan deyarli hech kim nikoh oqshomiga kelmadi, deb xabar berdi“Misstits.ru” nashri.  

Bu voqea o`tgan haftaning dam olish kunida ro`y berdi. Xitoyning bir qancha viloyatlarida yuz bergan dovul tufayli odamlar uydan chiqishga xavfsirashgan. Ammo tabiiy ofat kelin Chjou Tyanni yo`ldan qaytara olmadi, u sevgan yori bilan nikohdan o`tdi. 300 kishiga mo`ljallab, bezatilgan to`yxona bo`m-bo`sh, yaqin qarindoshlari bo`lmish 10 kishi tashrif buyurishiga qaramay, kuyov ham kelinni mehrob yonida kutdi. 

 

Kelin-kuyov bir-biriga nikoh qasamini aytayotganda, kelin Chjou shunday dedi: “ Mehmonlarning, qo`llab-quvvatlovchi insonlarning, mushakbozlikning yo`qligi meni tashvishga solmaydi. Asosiysi siz yonimdasiz, yomg`irdan ivib ketgan kiyimingizning ham ahamiyati yo`q, qanday voqea ro`y berishidan qat`i nazar, baribir sizga turmushga chiqaman!”. Kelinning so`zlari to`yga kelgan kam sonli mehmonlarni larzaga soldi va ular bu voqeani ijtimoiy tarmoqqa joylashdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kelinni olqishlab, minglab repost va layk bosishdi.


Источник: darakchi.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (13.07.2016)
Просмотров: 1292 | Теги: kelin-kuyov, To'y | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar