Главная » 2017 » Январь » 6 » Hindistonning “Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan aktyor O‘zbekistonning “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi
20:16
Hindistonning “Muhabbat tafti” seriali orqali tanilgan aktyor O‘zbekistonning “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi




O‘zbek kinotomoshabinlariga “Muhabbat tafti” nomli hind seriali orqali tanish hindistonlik aktyor Barun Sobti o‘zbek kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Sevadi, sevmaydi” filmida suratga tushdi.

Taqdimoti 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mazkur kinokartina haqida ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad film prodyuseri Ruslan Mirzayev bilan bog‘landi.


— Hindistonlik aktyor Barun Sobtining O‘zbekistonga kelishi o‘z vaqtida ancha shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda u reklama roligi va klipda suratga tushish taklifiga rad javobini bergani haqida gap-so‘zlar tarqalgan edi. Ayting-chi, hind aktyorini filmingizda suratga tushishga qanday ko‘ndirdingiz?
— Filmda aynan Barun Sobtiga aloqador kadrlar bor edi. Uning O‘zbekistonga mehmon bo‘lib kelishi biz uchun ayni muddao bo‘ldi. Filmda haqiqatan ham unga bog‘liq kadrlar borligini tushuntirganimizdan so‘ng, Sobti taklifimizga rozilik bildirdi. Hindistonlik aktyor “Sevadi, sevmaydi”da bosh rolni ijro etmagan, ammo filmni tomosha qilib, uning ijrosidagi sahnalar qiziqarli chiqqaniga guvohi bo‘lasiz.

— Filmda bosh rollarni kimlar ijro etgan?
— Bosh rollarni O‘zbekiston xalq artisti Murod Rajabov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova va Xosiyat Husanova, shuningdek, Sanjar Shodiyev, Zuhra Soliyeva, Sitora Alimjonova, Umid Ergashev kabi aktyorlar ijro etgan.

— Film premyerasiga Barun Sobti ham keladimi?
— Filmda rol ijro etgan boshqa aktyor-aktrisalar qatori Barun Sobtini ham taqdimotga taklif qilganmiz. Ammo kelish-kelmasligi masalasida aniq bir gap ayta olmayman.
Категория: KINO YANGILIKLARI | Просмотров: 765 | Добавил: AdminoFF | Теги: “Sevadi, Barun Sobt, sevmaydi, Muhabbat tafti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: