Hitoyda dunyodagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi



25 sentyabr' kuni Hitoyning Guychjou viloyatida dunyodagi eng katta radioteleskop foydalanishga topshirildi. Bu haqda ShanghaiDaily.com habar berdi.

FAST (Five hundred meter Aperture Spherical Telescope) nomini olgan bu teleskop qurilishi 2011 yilda boshlangan edi. Uning ochilish marosimiga yuzlab kishilar tashrif buyurishdi.

Qurilmaning diametri 500 metrni tashkil etadi, u 4,450 mingta uchburchak qaytargichga ega. U o'zining tuzilishi bo'yicha qurilmani o'rnatish uchun tabiiy chuqurlikdan foydalanilgan Aresibo observatoriyasiga o'hshaydi. Uning qurilishiga 1,2 milliard yuan' sarflandi (180 million dollar). Bu teleskop yana 15-20 yil mobaynida jahondagi eng yirik teleskop maqomini o'zida saqlab qolishi kutilmoqda.

30ta futbol stadioniga teng hajmdagi bu teleskopning maqsadi - boshqa sayyoralarda hayotning bor yo'qligini astronomik hisob-kitob qilish va mavhum materiyani o'rganish hisoblanadi. Yangi teleskop Hitoyning ochiq koinotdagi tadqiqotlar borasidagi imkoniyatlarini oshirishga yordam berishi ko'zda tutilgan. Uning yordamida Yerdan 11 milliard yorug'lik yili masofasida joylashgan kosmik jismlarni kuzata olish mumkin bo'ladi.

2016 yilning boshida provintsiya hukumati teleskop qurilayotgan hududda yashovchi 9 mingga yaqin kishini kompensatsiya to'lash sharti bilan boshqa joyga ko'chirgan edi.







Категория: DUYNO XABARLARI | Теги: Hitoyda dunyodagi eng yirik radiote
Просмотров: 1234 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 01:57
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz