Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

HY274 reysi Istanbuldan Toshkentga parvoz qildi



 

«O`zbekiston havo yo`llari"ning ushlab qolingan samolyoti Istanbuldan Toshkentga parvoz qildi.

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining tungi HY274 reysi samolyoti Istanbul vaqti bilan 9:04 da Istanbuldan Toshkentga parvoz qildi, deb xabar qildi“Gazeta.uz” nashri.

O`zbekiston poytaxti aeroportidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, samolyotning 14:55 da Toshkentga etib kelishi kutilmoqda.

Reys Turkiyada harbiy to`ntarilishga urinish va Istanbuldagi Otaturk aeroportining yopilishi munosabati bilan to`qqiz soatdan ziyodroq vaqt davomida ushlab qolingan edi.


Источник: darakchi.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (16.07.2016)
Просмотров: 298 | Теги: aviakompaniya, Reys | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar