Главная » SPORT YANGILIKLARI

Ilk kuniyoq 8ta medal, paralimpiyachilarimiz umumjamoa hisobida 3-o'rinda!






Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahri mezbonlik qilayotgan Paralimpiya o'yinlarining ilk kuni o'zbekistonlik sportchilar uchun kutilganidan ham muvaffaqiyatli keldi.
O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 3ta oltin, 2ta kumush, 3ta bronza, jami 8ta medalni qo'lga kiritdi. Ushbu natijasi evaziga terma jamoamiz umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab turibdi.
Ettita oltin, 9ta kumush, 4ta bronza, jami 20ta medal jamg'argan Xitoy terma jamoasi birinchi o'rinni band etgan. Ikkinchi pog'onadagi Buyuk Britaniya Paralimpiya terma jamoasi hisobida jami 11ta medal bor. SHulardan 5tasi oltin, 3tasi kumush, yana shunchasi bronza medalidir. 








O'zbekiston Paralimpiya terma jamoasining 32 nafar sportchisi 5ta sport turida yurtimiz sharafini himoya qilyapti. Paralimpiyachilarimizning parvozi davom etmoqda.
Suzish bo'yicha terma jamoamiz azolari musobaqaning ilk kuniyoq paralimpiyachilarimiz g'aznasiga 4ta medalni taqdim etishdi. Kiril Pankov 100 metr masofaga batterflyay usulida o'tkazilgan bahslarda kumush medalni qo'lga kiritdi. Muzaffar Tursunxo'jaev esa bronza medali bilan taqdirlandi.
Xuddi shu masofaga ayollar o'rtasida o'tkazilgan musobaqada vakilamiz Muslima Odilova ham Paralimpiya o'yinlari vice-chempioniga aylandi. Bronza medali esa yana bir sportchimiz Fotimaxon Amilovaga nasib etd
i.  






Quvonarlisi, erkaklar o'rtasidagi 60 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz SHerzod Namozov barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, Paralimpiya o'yinlari chempioniga aylandi. SHu kungacha bizda Paralimpiya chempioni yo'q edi.  
Namozov finalga qadar urugvaylik Xenri Borges, ozarbayjonlik Ramin Ibrohimovni mag'lubiyatga uchratdi. Oltin medal uchun kechgan bahsda esa dyuzdo vatani hisoblangan Yaponiya terma jamoasi azosi Makoto Xirosedan ustun keldi va shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.  


Terma jamoamiz g'aznasiga ikkinchi medalni yana bir dzyudochimiz Sevinch Salaeva taqdim etdi. 52 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan Xorazm dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi bronza medalini qo'lga kiritdi. Yarim finalda germaniyalik raqibasiga yutqazib qo'ygan Sevinch bronza medali uchun kechgan bahsda kanadalik Priskilla Gagneni mag'lubiyatga uchratdi. 








Husniddin Norbekov terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etdi. Engil atletikaning disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz jahon rekordi evaziga oltin medalni qo'lga kiritdi. U diskni 59 metru 75 santimetr masofaga uloqtirib, jahon rekordini yangiladi.
Kumush medal sohibiga aylangan litvalik Mindaugas Bilius 53 metru 50 santimetr natija qayd etdi. Bronza medal egasi xitoylik Dong Xia esa diskni 52 metru 15 santimetr masofaga uloqtirdi. 




 ​



 

Источник: olamsport.com
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (09.09.2016)
Просмотров: 441 | Теги: Rio—2016 Paralimpiada | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar