Главная » AVTO OLAM

Ilon Mask suv ostida qolgan Olmaotada qayiqqa aylangan Tesla videosini ko‘rsatdi (video)




Tesla Motors kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ilon Mask Tesla Model S avtomobili Qozog‘istonning Olmaota shahrida suv bilan to‘lgan tunneldan kechib o‘tayotgani aks etgan video bilan bo‘lishdi, deb yozadi KNews.

Biz buni tavsiya etmaymiz, ammo Model S vaqtinchalik qayiqqa aylanish uchun yetarlicha yaxshi suzmoqda. Harakat aylanib turgan g‘ildiraklar yordamida ta’minlanmoqda”, — deb yozdi Ilon Mask.

Izohlardan birida u dvigatel va batareyalar germetik ekanligini ta’kidladi.

17-iyun, juma kuni Olmaotadagi suv toshqini vaqtida Tesla Model S haydovchisi ushbu elektromobilda toshqin ostida qolgan tunnelda suvdan kechib o‘tayotgani aks etgan videoni haydovchining do‘sti YouTube’ga joylagan. Kadrlarda suv avtomobilning yon oynalarigacha ko‘tarilganini ko‘rish mumkin.



Источник: daryo.uz
Категория: AVTO OLAM | Добавил: AdminoFF (20.06.2016)
Просмотров: 597 | Теги: Model S | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar