Immunitetni qanday ko‘tarish mumkin?


Ikki hafta burun shamollab qolgandim. Endi sog‘aydim deganimda yana qaytalayapman. Immunitetim zaiflashib qolgan chog‘i. Uy sharoitida immun tizimini mustahkamlovchi qanday usullarni tavsiya qilasiz? 
Sharofat, Sirdaryo viloyati 
Savolga oliy toifali shifokor – terapevt Nodira HAMROYEVA javob beradi: 
Immunitetni chiniqtirish uchun avvalo kun tartibingizni to‘g‘ri rejalashtiring. Jismoniy va aqliy zo‘riqish teng taqsimlanishi lozim. Shu bilan birga har kuni yarim soat bo‘lsada toza havoda sayr qiling. Yetarlicha uxlang, dam oling. Taomnomada ko‘proq meva va sabzavotlar, qoqlardan tayyorlangan yeguliklar ishtirok etsin. Nahorga quyidagi reseptni tayyorlab ko‘rishni tavsiya etaman. 100 grammdan yong‘oq, mayiz, turshak, qora olxo‘ri va anjir qoqsini go‘shtqiymalagichdan o‘tkazib, oz miqdorda asal bilan aralashtiring. Mazkur aralashmani har kuni ertalab bir osh qoshiqdan iste’mol qilishga odatlansangiz, immunitetingiz ham yaxshilanadi, madorsizlikdan ham forig‘ bo‘lasiz. Yana bir tavsiya, tushlik va kechki ovqatni ko‘kpiyoz, redis va barra sarimsoqpiyoz bilan tanovul qiling.


Категория: SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) | Теги: Immunitet
Просмотров: 2044 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 14:41
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz