Indiana Jons haqidagi beshinchi filmning qachon ekranlarga chiqishi ma’lum qilindi


Arxeolog Indiana Jonsning sarguzashtlari haqidagi beshinchi film 2020 yilning yozida katta ekranlarga chiqadi. The Hollywood Reporter shu haqida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, franshizaga Stiven Spilberg rejissyorlik qiladi, u buning uchun hatto "Vestsayd tarixi" Brodvey myuzikli ekranizatsiyasi ustidagi ishlarini to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.

Filmning ijrochi prodyuseri - Jorj Lukas, bastakori esa - Jon Uilyams bo‘lishi ma’lum qilingan. Aktyorlar tarkibi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q, lekin bosh rolni avvalgidek Xarrison Ford o‘ynashi qayd etilgan.

"Indiana Jons" — doktor Henrining sarguzashtlariga asoslangan mediafranshiza. Uning birinchi qismi 1981 yilda namoyish etilgan.

 

 


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Indiana Jons
Просмотров: 1039 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:56
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz