Главная » DUYNO XABARLARI

Indoneziyada qor odam topildi





Indoneziyadagi o‘rmonga o‘rnatilgan kameralarga qor odamning tasviri tushib qoldi. Bu haqda “Mirror” yozmoqda.

So‘nggi vaqtlarda dunyoning turli chekkalarida yeti-qor odamning topilgani borasidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Olimlar yetilar asosan Shimoliy Amerikada yashashadi, degan fikrni bildirishsa-da, ayni tasvirlar Osiyo hududida suratga olingan. Videotasmani diqqat bilan kuzatgan mutaxassislar ayni tasvirlarda shubhasiz, yeti ketayotganini bildirishmoqda.

Har galgidek, tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, yeti kompyuter daturlari yordamida “paydo qilingan”i, aslida esa bu ayiq yoki boshqa jonivor bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlar ko‘payib ketdi. Tarmoq foydalanuvchilari orasida  videodagi jonzot ayiq ekaniga ishonayotganlarga mutaxassislar “Indoneziyada ayiqlar yo‘q”, degan javobni berishmoqda. 
 

Источник: qalampir.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (18.10.2016)
Просмотров: 668 | Теги: qor odam | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar