Insoniyatning uchdan biri hasadgo'ylardan iborat ekanligi aniqlandi



Madriddagi Karlos III nomli universitet tadqiqotchilari barcha insonlarni shahs turi sifatida 4 guruhga bo'lish mumkinligini aniqlashdi: hasadgo'ylar, optimistlar (ijobiy fikrlovchilar), pessimistlar (salbiy fikrlovchilar) va ishonuvchan kishilar. Bu haqida Science Advances ilmiy jurnalida chop etilgan maqolada hikoya qilinadi. 

Olimlar tadqiqot doirasida 541 nafar kishini turli ijtimoiy vaziyatlarda o'zini qanday tutishini kuzatishdi. Natijada ularning qarorlari komp'yuter algoritmi yordamida tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, 90 foiz kishi mavjud 4 mezonga mansubligi aniqlandi - 30 foizi hasadgo'ylar, qolgan 60 foizi - optimistlar, pessimistlar va ishonuvchan kishilar (har bir mezonga 20 foizdan). Qolgan 10 foiz ishtirokchini esa komp'yuter hech bir guruhga qo'sha olmadi.

Olimlarning ta`kidlashicha, insonlarga nisbatan bunday tasniflash birinchi marta qo'llanilmoqda. 
 


Категория: BILASIZMI? | Теги: Insoniyatning uchdan biri hasadgo'y
Просмотров: 1052 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 03:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz