Insonlar qadami yetib bormagan 10 maskan

Sayyoramizdagi inson oyogʻi tegmagan sirli joylar haqida bilasizmi? Umid qilamizki, ushbu mavzu siz uchun qiziqarli boʻladi. Zero, bugungi kunda dunyoning deyarli har bir burchagi insonlar tomonidan oʻrganib chiqilgan. Endilikda esa odamlar koinot va okean tubini oʻrganishga bel bogʻladilar. Ammo yerda ham shunday joylar borki, ular oʻzida katta sirlarni hamon berkitib turibdi. Agar siz ham bu kabi kashfiyotlarga qiziquvchi insonlar sirasiga kirsangiz, quyidagi maskanlar bilan yaxshilab tanishib oling. Balki ular tomon sayohatga otlanarsiz?

Grenlandiya muz qobigʻi

Ushbu muz qobigʻi shunchalar kattaki, u Grenlandiyaning 80% hududini egallab olgan.

Uning shimoldan janubga qadar choʻzilgan uzunligi 400 km, gʻarbdan sharq tomonga borgan qismi uzunligi esa 1100 kilometrni tashkil qiladi. Muzning qalinligi 2135 metrga teng. Ekspertlar ushbu muzlik yoshini 110 ming yilga teng deb aytadilar. Uning qanchalar qiziqarli sirlarga boy ekanligini bir oʻylab koʻring. Misol uchun, 2014 yildagi tadqiqotlar natijasida olimlar Grenlandiyadagi muz qobigʻi ostidan dunyodagi eng uzun kanyonni topib olishdi.

U AQShdagi Katta kanyondan ikki marta uzunroq ekan. Tabiatning ogʻir sharoitlari va qattiq sovuq tufayli bu yerga kelishga olimlarning ham yuragi betlamaydi. Shunday ekan, ekstrim ishqibozi boʻlsangiz. muzlikdagi sirlarni kashf qilgan birinchi inson boʻlishingiz uchun imkon bor, albatta.

Papua Yangi Gvineya

Bu Yangi Gvineya va Indoneziyani ajratib turgan orol boʻlib, hududda faqatgina mahalliy qabilalar istiqomat qiladi. Ayni paytda ularning soni 7 million kishiga teng boʻlsa ham, orolda kashfiyotchilar uchun kerakli joylar yetarlicha. Buning bir necha sababi bor. Birinchidan, junglilardagi quyuq va qalin oʻsimliklar orolning tropik oʻrmonlarida tadqiqot oʻtkazishni qiyinlashtirib yuboradi.

Ikkinchidan, asosiy shaharlardan boshqa joylarda qattiq qoplamaga ega boʻlgan yoʻllar deyarli yoʻq. Infratuzilma esa orolni sayyohlar uchun unchalik ham qiziqarli joyga aylantirmagan. Tadqiqotchi olimlar esa ushbu mamlakatni juda yaxshi koʻrishadi.

Tibet yassi togʻi

Gʻarbiy Yevropada joylashgan ushbu hudud Mars manzaralarini aks ettirgandek tuyuladi. Bir hil koʻrinishdagi togʻ va qoyalar sizga boshqa sayyoraga tushib qolgan kabi taassurot berishi mumkin. Bir soʻz bilan aytganda, mazkur hududni reallikdan tashqarida desa ham boʻladi. Gap shundaki, gps, yoʻldoshlar va boshqa texnik vositalar keng tarqalgan bizning zamonimizda ham mutaxassislar Tibet yassi togʻining aniq xaritasini chiza olmaydilar. Bu esa uni qiziquvchan insonlar uchun ajoyib topilmaga aylantiradi. Ammo ehtiyot boʻling, hududdagi iqlim sharoitlari juda ogʻir. Kerakli yoʻlni koʻrsatib berish va biror tomonga qarab yoʻnalish olishni mahalliy odamlarning oʻzlari ham bilishmaydi.

Keyp-york oroli, Avstraliya

Bu sayyoramizda hanuzgacha oʻrganilmay qolgan hududlaridan biri hisoblanadi. Sababi bu yerga qadar yetib olish juda ham qiyin. Hudud atrofida asfalt yoʻllar mavjud emas, barcha joylar tuproq bilan qoplangan. Yomgʻirlar mavsumi paytida esa butun orol balchiqqa aylanadi. Sayyoh sifatida orolni koʻrish uchun istak bildirsangiz, buni vertolyot orqali amalga oshirish mumkin. Hududda tashqi dunyodan uzilib qolgan 18 000 nafar odam hayot kechiradi. Ularning aksariyat qismi mahalliy aborigenlardir.

Pitkern oroli, Buyuk Britaniyaning dengizdagi hududi

Bu Tinch okeanining qoq markazida joylashgan 5 ta orol boʻlib, bu dunyodagi eng kam aholiga ega boʻlgan joy ham sanaladi. Shu sababli uni bugungi qadar oʻrgana olmaganlar. 2014 yil maʼlumotlariga koʻra, orolning 1/5 qismida odamlar yashaydi. Ularning soni esa 56 nafarni tashkil qiladi. Orol boshqa hududlar bilan aloqa qilmaydi, agar ushbu yerlarni tadqiq qilish istagida boʻlsangiz uning yaqinidagi Yangi Zelandiya sohilidan yoʻlga chiqib, orolga qadar 10 kun suzish kerak boʻladi.

Yoqutiston, Rossiya

Bu Sibirning shimoli-sharqiy qismida joylashgan juda katta joy. Uning kattaligini Hindiston bilan taqqoslash mumkin. Ammo, Yoqutistonning 40% qismi shimoliy qutb aylanasi yaqinida joylashgan. Mahalliy ob-havo masalasiga kelsak, u dunyodagi eng ogʻir iqlim koʻrsatkichlarini qayd etadi.

Hududning aksariyat qismi adabiy muzliklar bilan qoplangan boʻlsa ham, bu yerda jonivorlar, oʻsimliklar va hattoki insonlar hayot kechirishadi. Ularning barchasi mahalliy qabila vakillaridir. Sovuqdan qoʻrqmaydigan tadqiqotchilar uchun esa Yoqutiston haqiqiy jannat hisoblanadi.



Категория: TURFA OLAM | Теги: 10, bormagan, qadami, yetib, insonlar, maskan
Просмотров: 173 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:03
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz