Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Instagram’dagi obunachilari 500 mingdan oshgan xonanda Rayhon hamon Shahzodadan ortda qolmoqda




O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda Rayhon G‘aniyevaning Instagram’dagi obunachilari soni 500 mingdan oshdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
Rayhon Instagram’da 500 mingdan ziyod obunachiga ega bo‘lganligi munosabati bilan ushbu tarmoqdagi sahifasiga maxsus surat yuklab, unga quyidagi izohni biriktirdi.
 
“Mening yonimda shuncha yil bo‘lganingiz uchun, hayotimdagi turli lahzalarda yonimda turganingiz uchun, mening ijodimni kuzatib borganingiz uchun, shunchaki yonimda ekaningiz uchun rahmat. Sizning izohlaringiz va qo‘llab-quvvatlashingiz men uchun juda zarur. Har biringizni yaxshi ko‘raman va qadrlayman!”, – deb yozdi Rayhon.
 
“Qalampir.uz” tahririyati Rayhon G‘aniyevaning Instagram’dagi sahifasida obunachilari soni 500 mingdan oshgani bahonasida o‘zbek shou-biznesining taniqli ayollarining ushbu ijtimoiy tarmoqdagi obunachilari sonini solishtirdi.
 
Ayni damda Instagram’dan ro‘yxatdan o‘tgan o‘zbek shou-biznesining ayol vakillari orasida Shahzoda eng ko‘p obunachilarga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Uning obunachilari bugungi kunga kelib 720 mingdan oshgan. Ikkinchi o‘rinni esa Rayhon G‘aniyeva (501 ming) egalladi.
 
Aktrisalar orasida Asal Shodiyeva peshqadam. Instagram foydalanuvchilarining 493 ming nafari uning sahifasiga obuna bo‘lgan. Xonanda Lolaning ham obunachilari soni ortmoqda. Bugungi kunga kelib, Instagram’da uni 439 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib kelyapti.
 
Keyingi o‘rinlarni aktrisa Zarina Nizomiddinova (419 ming), xonanda Munisa Rizayeva (404 ming), “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Yo‘ldosheva (382 ming) va xonanda Nilufar Usmonova (377 ming) egallagan.

Источник: daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (24.06.2016)
Просмотров: 639 | Теги: instagram, Rayhon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar