Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Instagramda nima gaplar?

Instagram ijtimoiy tarmog'i har doimgidek o'zbek shou biznes vakillarining faolligi bilan "to'lib-toshgan". Ulardan ayrimlari e'tiborimizni tortdiNigina Anarboeva bolajonlarni bayram bilan tabrikladi 


 ​

Aktrisa Nigina Anarboeva bugun 1 iyun bolalar kuni munosabati bilan instagramdagi sahifasiga o'zining bolalikdagi suratini joylashtirdi. Surat ostiga jamiki bolakaylarni bayram bilan tabriklab, o'zi dil izhorlarini yozib qoldirdi. Ushbu suratda aktrisa 1 yoshda. Yigitali Mamajonov egizaklarini bayram bilan tabrikladi 

 


Aktyor Yigitali Mamajonov instagramdagi sahifasida egizak farzandlarining suratini joylashtirib, ularni 1 iyun - bolalar kuni bilan tabrikladi. 
Surat ostida aktyor o'z samimiy tilaklarini: “Bolajonlarimizni bayrami bilan chin dildan tabriklayman. Kichkintoylarimiz doimo sog'-salomat, imon-e'tiqodli, yuzlari yorug', ibratli farzand bo'lishini Allohdan so'rab qolaman. Kelajakda farzandlarni baxtu kamolini ko'rish barcha ota-onalarga nasib qilsin” tarzida yozib qoldirgan. Munisa Rizaevaning sahifasi gullar va shirinliklar bilan to'lib bormoqda 




Oxirgi paytlarda Munisa Rizaevaga kim tomonidan uyushtirilayotganini bilmadig-u, lekin tez-tez gullar, shirinlikar va boshqa esdalik sovg'alari taqdim etilmoqda. Ehtimol, bu xonandaning oxirgi kontsertida ko'rinish bergan va muxlislar tomonidan Munisaning turmushga chiqishi taxmin qilinayotgan yigit tomonidan uyushtirilayotgandir? Nima bo'lganda ham taqdim etilayotgan sovg'alar muhrlangan suratlar ostida xonandaning baxtli va yaxshi kayfiyatda ekanligini payqash mushkul emas. Feruza Normatova “noma'lum sehrgar”ni chuv tushirdi 

 


Akrisa Feruza Normatova instagramdagi sahifasida “skrinshot” tarzida olingan bir suratni joylashtirib, muxlislarini lol qoldirdi. Suratda aktrisaga o'zini madaniyat bilan tanishtirmagan “janob sehrgar” telegramda bloklab qo'yilgan.


 

Источник: kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.06.2016)
Просмотров: 1186 | Теги: instagram | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar