Internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun “E-Market” dasturi ishlab chiqildi


O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimi Mirzayev Sayidaziz Saidkarimovich tomonidan internet, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar uchun “E-Market” dasturi ishlab chiqildi, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi.
U aholiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish maqsadida real vaqt rejimida har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati bilan elektron tijorat ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan.
“E-Market”dan axborot texnologiyalari, telekommunikatsiyalar sohasida foydalaniladi. Dastur SMS-xabar jo‘natib, internet tarmog‘i, SMS, GPRS, smart va mobil telefonlar orqali har xil turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Muallifga mazkur dastur uchun № DGU 03030 raqamli guvohnoma berildi.


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: Internet, GPRS, SMS, Smart, E-Market, uchun, mobil telefon
Просмотров: 3929 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 05:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz