16:16 INTERNETDA SARDOR RAHIMXONNING VAFOT ETGANI HAQIDAGI XABARLAR TARQALDI | |
Telegram messenjeri va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxonning vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. “O`zbekiston estrada yulduzi Sardor Rahimxon baxtsiz hodisa sabab olamdan ko`z yumdi”,—deyiladi Telegram messenjeri orqali tarqalgan xabarda. Xonandaning o`zi esa Instagram ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasi orqali mazkur mish-mishlarga quyidagicha munosabat bildirdi: “Ro`zai Ramazon oylarida birovning ko`nglini ranjitish gunohi og`ir. Birovga o`lim tilagandan ko`ra, o`ziga umr tilasa bo`lardi. Azizlar, bunaqa gap-so`zlarga e`tibor bermang. Xudoga shukur, sog`-salomatman. Olloh bunday insonlarni jazosini bersin, yaxshisi insof bersin”. Прикрепления: Картинка 1 | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|