iOS’da telefonni butunlay ishdan chiqarishning oddiy usuli aniqlandi


So‘nggi vaqtlarda ko‘plab foydalanuvchilar Apple kompaniyasi dasturiy ta’minotidan norozi bo‘lishmoqda. iOS’ning so‘nggi versiyalarida ko‘plab mayda kamchilik uchramoqda va kompaniya buni bartaraf etishga ko‘p vaqt sarflamoqda.
Biroz avval foydalanuvchilar iOS’ning yana bir jiddiy kamchiligini aniqlashdi. Unga ko‘ra iPhone, iPad yoki iPod touch’da sana 1970 yilning 1 yanvariga o‘zgartirilsa, ular ishdan chiqadi va yoqilganda kompaniya logotipi davomiy ravishda ko‘rsatib turadi. iTunes yordamida dasturiy ta’minotni yangilash ham ushbu muammoni hal qilmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu kamchilik iPhone 5 va undan yangi bo‘lgan smartfonlar (Apple, iPad Air, Air 2, iPad Mini 2, 3, 4, shuningdek, iPod touch 6) da kuzatilmoqda. Bu kamchilik dasturiy ta’minotning versiyasiga bog‘liq emas va barcha iOS’da kuzatilishi mumkin.
Ushbu muammoning sababi iOS’ning ajdodi bo‘lgan UNIX-tizimida bo‘lishi ham mumkin. Sababi 1970 yilning 1 yanvari UNIX’da “0”li (boshlang‘ich) vaqt hisoblanadi. 


Категория: TEXNOLOGIYA | Теги: ios
Просмотров: 1167 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:49
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz