Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Islom Karimov va Vladimir Putin Toshkentdagi Pushkin maydoniga tashrif buyurdi




Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 24-iyun kuni Toshkentda atoqli rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin haykali qad rostlagan maydonga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pushkin haykali poyiga gul qo‘ydi.

Maydonda amalga oshirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari oliy martabali mehmonda katta taassurot qoldirdi. Rossiya prezidenti O‘zbekistonda jahon adabiyotining buyuk namoyandalari qatori Aleksandr Sergeyevich Pushkin ijodi, adabiy merosi yuksak qadrlanishi, shoir xotirasiga bunyod etilgan yodgorlik ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik munosabatlarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi.

Vladimir Putin O‘zbekistonga tashrifi g‘oyat samarali bo‘lganini alohida ta’kidlab, samarali muzokaralar uchun Prezident Islom Karimovga samimiy minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida tashkilot faoliyatini yanada faollashtirish bo‘yicha O‘zbekiston amalga oshirgan ishlarga yuksak baho berdi. Ishchanlik ruhida o‘tgan Toshkent sammiti ShHT davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

O‘zAning qayd etishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov kuzatib qo‘ydi.


Источник: daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (24.06.2016)
Просмотров: 551 | Теги: ShHT | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar