Главная » KINO YANGILIKLARI

“Islom.uz”: “Janobi Ramga sharaflar bo‘lsin” degan so‘zni qanday qilib kufr deb bo‘lmaydi?




Islom.uz” saytining savollar bo‘limiga tashrif buyurgan foydalanuvchilardan biri O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Mahobhorat” serialini tomosha qilish shariatga to‘g‘ri kelishi yoki yo‘qligi borasida savol bilan murojaat qildi.

Mahobhorat filmini ko‘rish shariatga to‘g‘ri keladimi? Filmlar haqida yozilgan maqolani o‘qidim, ammo yaqinlarimga shu haqida aytsam, ular ‘shariatga to‘g‘ri kelmagan joyiga e’tibor bermaysan’ deyishdi. Nima qilay?”, — deb foydalanuvchi savol qoldirdi.

Bu savolga javob quyidagicha bo‘ldi: “Kufrga rozi bo‘lish, kufr hisoblanadi. Shu filmni ko‘rgan ko‘p odamlarning og‘izlaridan: ‘Janobi Ramga sharaflar bo‘lsin’ deyayotganlarini o‘zimiz ham eshitdik. Qanday qilib bu so‘zni kufr deb bo‘lmaydi?”

Ma’lumot uchun, “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida begim kunlari soat 20:30 da namoyish etib kelinayotgan “Mahobhorat” seriali TV-dasturlar rejasiga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, 12-iyuldan e’tiboran efirdan tushib qolgandi.

O‘zbek tilida yuritiluvchi Wikipedia ma’lumotiga ko‘ra, “Mahobhorat” seriali qadimiy hindlarning “Mahabharata” nomli qahramonlik eposi hisoblanadi. U “Bharata avlodlari jangnomasi” deb ham yuritiladi.

Uning dastlabki namunasi miloddan avvalgi X—VIII asrlarda yuzaga kelgan 25 ming misradan iborat sheʼriy qoʻshiqlardir. Aytilishicha, u avval xalq tilida ogʻizdan-ogʻizga koʻchib yurib, keyinchalik sanskrit tilida yozma adabiyotga kirib kelgan.

“Mahabharata” jahonning koʻpgina tillariga tarjima qilingan, shu jumladan, “Janglar qissasi. Mahabharata yoki Bharata avlodlari jangnomasi” nomi bilan 1970-yilda oʻzbek tilida chop etilgan (S. Yoʻldoshev tarjimasi).


Источник: daryo.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (16.07.2016)
Просмотров: 949 | Теги: Mahobhorat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar