Главная » 2016 » Июнь » 29 » Istanbul aeroportidagi terakt qurbonlari salkam 50 kishiga yetgani ma’lum qilindi
13:23
Istanbul aeroportidagi terakt qurbonlari salkam 50 kishiga yetgani ma’lum qilindi




Istanbuldagi Otaturk nomli xalqaro aeroportdagi terakt qurbonlari salkam 50 kishiga yetdi. Bu haqda yuqori martabali turk mansabdoriga tayanib, Sky news ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Aeroportdagi portlashlarda salkam 50 kishi halok bo‘ldi. Portlashlarga to‘rt kishi aloqador bo‘lishi mumkin. Terakt ortida IShID turgan bo‘lishi ehtimoli yuqori”, — deya ta’kidlagan o‘zini oshkor etishni istamagan mansabdor.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Istanbul gubernatori aeroportdagi portlashlarda 28 kishi qurbon bo‘lgani, 60 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi.

Прикрепления: Картинка 1
Категория: DUYNO XABARLARI | Просмотров: 300 | Добавил: AdminoFF | Теги: terakt, aeroport | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: