Javohir Zokirov: “Pul bilan Qobiliyatsiz odamni ham yulduz qilish mumkin”


«Sotqin» va «Baron» filmlaridagi rollaridan so‘ng odamlarning tilidan tushmayotgan Zokirovlar sulolasining munosib davomchisi Javohir Zokirov Sanjar Shodievning «Seni o‘zim boy qilaman» deb nomlangan filmida bosh rollardan birini ijro qildi. Mazkur film yuzasidan bizni qiziqtirgan quyidagi savollar bilan Javohir Zokirovga murojaat qildik. 
— «Seni o‘zim boy qilaman» filmining qisqa roliklarini ko‘rib filmni ko‘rishga ishtiyoqimiz ortdi. Bizningcha siz mazkur filmda moliyaviy prodyusser rolida namoyon bo‘lasiz, aytingchi, sizningcha hayotda ham mutlaqo qobilyatsiz odamni pul bilan yulduz darajasiga olib chiqsa bo‘ladimi ?
— Hozir pul bilan hech kimni yulduz darajasiga olib chiqib bo‘lmaydi, desam odamlarni aldagan bo‘laman, pul bilan qobilyatsizni ham yulduz qilish mumkin, faqat u yulduz ko‘pga bormay so‘nadi. Shou-biznesga qanday oson kirgan bo‘lsa, undan xuddi shunday osongina, hech kimning esida qolmasdan chiqib ketadi.
— «Sotqin», «Baron» kabi filmlaridan so‘ng mazkur kinokartinaga rozilik bildirishingizga aynan nima turtki bo‘ldi?
— «Seni o‘zim boy qilaman» filmidagi g‘oyaning qiziqligi, ssenariyning o‘ziga xosligi va mening ijodimda ushbu filmda o‘ynagan rolim boshqa bo‘lmaganligi sababdan ham mazkur filmda suratga tushishga rozilik bildirganman. 
— Rejissyor Sanjar Shodiev bilan ilk bor ishlashingiz. Avval saytimizdagi onlayn muloqotda ayrim rejissyorlarni tanqid qilgan edingiz, Sanjar Shodievning ijodiga qanday baho berasiz...?
— Rejissyor Sanjar Shodiev bilan birinchi marta ishlashimiz edi. Sanjar Shodiev ham aktyor ham rejissyor bo‘lganligi sababli aktyorni yaxshi tushuna oladi, o‘zi nima xohlayotganini bilgani uchun ham biz ortiqcha qiynalmadik. 
— O‘zbekistondagi eng qimmat aktyorlardan biriman mazmunida intervyu bergan edingiz, sir bo‘lmasa «Seni o‘zim boy qilaman» filmidagi rolingiz uchun qancha haq oldingiz?
— Eng qimmat aktyorman deganda, avvalo bugungi kundagi juda ko‘plab aktyorlarga nisbatan katta tajribamni hisobga olib aytganman. Bundan tashqari  o‘zbek, fransuz, rus aktyorlari bilan ishlash natijasida ulardan ham juda ko‘p narsalarni o‘rganganman. Ustozlarim juda bilimli, o‘z ishining ustalari bo‘lishgan ushbu sabablarga ko‘ra o‘zimni eng qimmat va ko‘p gonorar oladigan aktyorman degandim. Ushbu filmdan qancha haq olganim esa sir bo‘lib qolaversin...
Darvoqe, “Seni o‘zim boy qilaman” filmi premerasi 25 aprel kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo‘lib o‘tadi. Film treylerini quyida tomosha qilishingiz mumkin.

 


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: Sotqin, Javohir Zokirov, Baron
Просмотров: 1441 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 20:30
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz