Jizzaxlik ayol qizini bo‘g‘ayotgan erini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi uch farzandning onasi o‘z qizini do‘pposlab, bo‘g‘ayotgan erini pichoq bilan o‘ldirdi va jasadni yoqib yubordi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, Uz24.uz xabar bermoqda.

Bir o‘g‘il va ikki qizning otasi quda-andali bo‘lish yoshiga yetganiga qaramay tayinli ishlamas, bir amallab topgan pulini esa ichkilikka sarflab yuraverdi. U ko‘pincha mast holda kelib, ayolini urar, bolalarini haqoratlarga ko‘mib tashlardi.

2013-yilning yozida u ishlash uchun Qozog‘istonga yo‘l oldi. Ko‘p o‘tmay ortga qaytdi va yana ichkilikka mukkasidan ketib, har kuni janjal ko‘tara boshladi.

Kuzning yakunida tug‘ilgan kuni bo‘lgan ota shu kuni ham mast bo‘lib, janjal boshladi. Bundan jahli chiqqan qizi “uchastka noziriga xabar beraman”, deb chiqib ketdi. Uning ortidan onasi va kichik singlisi ham izlab chiqdi. Uyga qaytib kirmoqchi bo‘lgan ona va uning qizlari eshik qulfligini ko‘rib, tashqarida bir-ikki soat kutib o‘tirdi. Ular eshikni qo‘shnisining yordami bilan ochib, uyga kirdi.

Tun yarmida uyg‘onib ketgan erkak ayoli va farzandlarini yana bo‘lmag‘ur so‘zlar bilan haqoratlay boshladi. U qizining “ko‘p janjal qilavermang”, degan xitobiga “menga gap qaytaryapsanmi?”, deb sochiga yopishdi va uni yiqitib, bo‘g‘a boshladi. Qizini qutqarishga oshiqqan ayol esa erining yelkasiga ketma-ket uch marta pichoq sanchib o‘ldirdi. Ertasi kuni ayol farzandlarining yordami bilan erining jasadini palosga o‘rab, tunda yaqin atrofdagi zovurga olib borib, yoqib yubordi.

Ammo tez orada mish-mishlar bolalab ketdi. Bu gaplardan xabar topgan erkakning yaqinlari haqiqatni bilgach, jasadni topib, ekpertizaga olib bordi. Jasad qabrga ekspertizadan so‘ng qo‘yildi.

Jizzaxlik ayol esa qilmishi uchun 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Unga berilgan jazo muddati amnistiya aktiga binoan to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: o‘ldirdi, Jizzax, pichoqlab
Просмотров: 7463 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 08:39
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz