Главная » DUYNO XABARLARI

Kaliningraddagi ko`cha taomlari festivalida o`zbekcha osh damlandi (Foto)




Rossiyaning Kaliningrad shahrida Street Food Kaliningrad 2016 shahar piknigi ochilish marosimida tashrifchilar uchun o`zbekistonlik taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy va «Vkusniy Uzbekistan» loyihasi ishtirokchilari osh pishirib berdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda. 




Ta`kidlanishicha, rossiyaning eng g`arbiy shahri aholisi va mehmonlari palovning uch xil: farg`onacha, toshkentcha to`y va samarqandcha turlarini tatib ko`rish va taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lgan.


Farg`onacha va toshkentcha to`y oshi O`zbekiston delegasiyasi tomonidan tayyorlangan bo`lsa, «Pryanosti i Papa» restoran loyihasi tashabbuschisi kaliningradlik Katerina samarqandcha osh damladi. Yosh pazanda ushbu palov resepti uchun ataylab Samarqandga borib kelganini ta`kidladi.
Kaliningradda ushbu festival 16 avgustda boshlangan bo`lib, 22 avgustga qadar davom etadi.


 

Источник: darakchi.uz
Категория: DUYNO XABARLARI | Добавил: AdminoFF (20.08.2016)
Просмотров: 274 | Теги: OSH, kalingirad | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar