Главная » TURFA OLAM

Kambojada kichkina bola 5 metrli bo`g`ma ilon bilan do`st tutindi(Foto)



 

Zamonaviy evropalik uchun ekzotik mamlakatlar o`zining barcha tomoni bilan ekzotikdir. Bu mamlakat aholisining yashash tarzi ham boshqalardan tubdan farq qiladi. Hatto ularning uy hayvonlari ham boshqalarnikiga o`xshamaydi, deydi “Interesno.cc” nashri.

Kamboja qishloqlaridan birida yashovchi bola uyida 5 metrli bo`g`ma ilon bilan bir necha yillardan beri ajralmas do`stdir. Kambojada odamlar yashaydigan uyda ilonlarning sudralib yurishi odatiy holdir. Bolalar ular bilan o`ynashni juda yaxshi ko`rishadi. Kunlardan bir kun Sambatlarning oilasiga bo`g`ma ilon kirib qoladi. Uy egasi uni o`ldirmay, o`rmonga tashlab keladi. Bo`g`ma ilon ertasi kuni yana qaytib keladi. Uni yana o`rmonga eltib, tashlashadi. Ilon uchinchi marta qaytib kelgandan keyin uni uy hayvoni sifatida olib qolishdi va Chamreun deb nom qo`yishdi. Uy egasining o`g`li Uorn Sambat va Chamreun birgalikda uxlaydi. Bo`g`ma ilon bu uyga kelganida Uorn uch yoshda bo`lgan. Shundan beri ular ajralmas do`stdir. Hozir bo`g`ma ilonning uzunligi 5 metrni, og`irligi esa 100 kilogrammni tashkil qiladi.

Agar ilon xohlasa, bolani tiriklayin yutib yuborishi mumkin, ammo nimagadir u buni istamaydi, aksincha bola bilan birga bo`lishni yoqtiradi. Oila a`zolari ilon ularning oilasiga baxt va to`kinlik, sog`lik-salomatlik olib keldi deb hisoblashadi. Bo`g`ma ilon va bolaning yaqin do`stligini o`z ko`zlari bilan ko`rish uchun butun er yuzidan Kambojaning ovloq qishlog`iga sayyohlar tashrif buyurishadi.


Источник: darakchi.uz
Категория: TURFA OLAM | Добавил: AdminoFF (21.06.2016)
Просмотров: 664 | Теги: ilon, Kambodja | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar