Kanizani o‘g‘ri urdi. FotoFakt!

Kaniza konsertida turmushga chiqishi va bu konserti shunchaki shou tarzida emas rosmana nikox to‘yi bilan birga bo‘lishi xaqida e’lon qilganidan xabardorsiz. 28-aprel kuni bir kunda uch muxim bayrami: tavallud kuni, to‘yi  va ijodiga 10 yil bo‘lgani ilk xisobot konsertini nishonlashni rejalashtirgan xonanda  ayni damda konsertga bog‘liq xujjatlarni rasmiylashtirish bilan band.    Konsert xaqida e’lon berganidan boshlab Kanizaning boshiga turli savdolar tushmoqda. O‘zi doim konsert qilayotgan kimnidir konsertigacha nimadir bo‘ladi, va afsuski birov o‘laman desa boshqasi kulay degandek odamlarni aksariyati buni piar va reklama deb qabul qila boshlaydi. Xuddi Munisa Rizayeva konsertidan avval shunchaki piar va reklama uchun ma’murini naq ikki yilga jinoyat ishi bilan qidiruvga berganidek. O‘sha voqeaga mana  deyarli ikki yil o‘tib endi endi barxam berilmoqda. Albatta bunday xolatlar yuzasidan xonandani mantiqsiz ayblashadi.    Kanizani to‘y xizmatida kuylayotgan videosi tarqalib unda go‘yoki(!) Kaniza yarim yalang‘och libosidan sonlariyu va undanda tepa qismini  keng ommaga ko‘z-qilayotgani tasvirlanganDEK. Vaxolanki videoda yaxshilab qarab uning tufli kiyadigan tarafiga qaralsa aslida u inson terisi rangidagi shimda bo‘lganini bilish qiyinmas. Biroz o‘tmay u o‘sha libos va shimidagi suratini instagramga qo‘ydi xam:
Bunisi xam mayli, 8-yanvar kuni kechki payt soat 19:30larda Kaniza Toshkentdagi Amaretto Restaurant  oldiga o‘zining shaxsiy Porsche Cayenne (Porshe Kayen) mashinasini qo‘yib dugonalari bilan ovqatlanib soat 21:00larda qaytib chiqqanida moshinasini orqa tarafidan oynasi sindirilganini ko‘radi. 
Moshinasini ichidan birqancha qimmatbaxo buyumlari va albatta pullari xam o‘g‘irlangan.
Kaniza:- Moshinam ichida 2,5-3 million so‘mlik "Cavalli" sumkam, 10ming AQSh dollarlik "Vertu" telefonim, 400 AQSh dollarlik Fleur Narcotique atiri, bular xammasi menga sovg‘a qilingandi, va yana qimmatbaxo koshelek xamda  300 mingcha so‘mimni o‘g‘irlab ketishdi. 


Sayyod: Xozir deyarli xamma kafe restoran va moshina to‘xtash joylarida qorovullar turadiku, xechkim ko‘rmabdimi? Kaniza:-Restoran qorovuli kech soat 22:00da kelar ekanda.  Xayronman, moshinam yo‘l yuzida, xamma ko‘radian joyda edi.    Sayyod: Milisiyaga murojaat qildingizmi? Kaniza:-Yo‘q, chunki bundan avval xam boshqa moshinalarimdan 4-5 marotaba shunday o‘g‘irlatib qo‘yganimda ularga murojaat qilganimda yordam bera olishmagandi, shu sabab xam yana  bexuda yozuv-chizuvlar bilan vaqtimni ketkazmay dedim. Boshqa tarafdan konsert va to‘yim oldidan bosh ko‘zimizdan sadaqa dedim, lekin endi bundan buyog‘iga moshinamda xech narsa qoldirmaydigan bo‘ldim. Borgan joyimga kerak bo‘lsa moshinamdagi xamma narsamni ko‘tarib olib kirsam kiramanki lekin endi boshqa narsa qoldirmayman.    Sayyod: Konsert va to‘y...odamlar xayratda. Savollari ko‘p. Konsert va to‘yni uyg‘unlashtirishni tasavvur qilish qiyin. ​Kaniza:-  Shu uchunam konsertdan avval jurnalistlar uchun matbuot konferensiyasi o‘tkaziladi xamda ularga press-reliz topshiriladi. Lekin unda xam barcha sir oshkor etilmaydi, shunchaki texnik taraflari aytiladi ammo konsert kuni ayniqsa oxiriga borib xammasini xalq ko‘rib guvoxi bo‘ladi. Konsert va to‘y, bu shunchaki shou yoki postanovka emas, bu xaqiqat. Tasavvur qilish qiyindir ammo buni iloji bor va buni konsert kuni bilib olasizlar. Konsert kuni yangraydigan uch yangi qo‘shig‘im "Lilla", "O‘ylamang" va albatta "Yor-yor" qo‘shig‘imni taqdim etaman.  Shulardan ikkisiga klip xam taqdim etiladi, ammo "Yor-yor" qo‘shig‘iga klip  bevosita konsert kuni real xodisalar yuzasidan suratga olinadi va konsertdan keyin efirga beriladi. Konsertda yana 3-4 yangi qo‘shiqlarim kuylanadi. Shu kunlarda "O‘ylamang" qo‘shig‘imga klip suratga olish ishlari boshlangan,  qo‘shiqni klip bilan taqdim etaman. Sababini klipni ko‘rib tushunasizlar.   To‘ydan avval o‘g‘rilarga yaxshigina exson qilibsiz Kaniza) To‘yonadan qarzdorlar konsertga gul bilan birga bemalol to‘yonani xam tayyorlab borar ekansizda buyog‘iga


Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Теги: o'g'ri, Kaniza
Просмотров: 4827 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:48
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz