Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Kanizaning navbatdagi klipi, suratga tushishi kutilayotgan filmi va uning “Malina”si haqida






Xushovoz xonanda Kaniza  kuz faslining har bir kunini tinimsiz ijod qilish bilan o‘tkazmoqda. U ayni damda “Malina" nomli yangi qo‘shig‘i ustida ovoz yozish ishlarini yakunlamoqda.  Shu bilan birga konsert dasturida ijro etgan va ko‘pchilikka manzur bo‘lgan “Farzand nolasi” nomli qo‘shig‘i uchun muxlislarning taklifi bilan videoklip tasvirga oldirishga qaror qildi va hozirda videoklip tasvirga tushirish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qolaversa, xonanda qo‘shiq yaratish, klip olish ishlaridan ortib, kino sohasida ham o‘zini sinab kelmoqda. Bir nechta filmlarda bosh rollarni ijro etgan Kanizaga ikkita taniqli rejissyordan yangi takliflar tushmoqda. Hozirda u har ikki filmning ssenariysi bilan tanishib chiqish bilan band. Xonandaning so‘zlariga qaraganda, shu ikki kinofilmdan birida albatta suratga tushadi. Qanaqa kino, qaysi rejissyor, qachon suratga olinadi? Barchasi haqida keyingi yangiliklarimizda ma’lumot berib o‘tamiz.
 

Источник: popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (08.10.2016)
Просмотров: 216 | Теги: Kaniza | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar