22:24 Konfederasiyalar Kubogi–2017 musobaqasiga qur`a tashlandi | |
Rossiyaning Qozon shahrida bugunb 26 noyabr kuni 2017 yilning 17 iyunidan 2 iyuliga qadar bo`lib o`tadigan Konfederasiyalar Kubogi musobaqasiga qur`a tashlash marosimi o`tkazildi. Mazkur musobaqa JCh–2018 turniridan bir yil avval o`tkaziladi. Unda Rossiya termasi mezbon sifatida, Germaniya esa amaldagi jahon chempioni sifatida ishtirok etadi. Portugaliya esa Evropa chempioni maqomida qatnashadi. Bundan tashqari, o`z mintaqalarida chempion bo`lgan Chili, Meksika, , Avstraliya, Yangi Zelandiya tashrif buyuradi. Afrika Millatlar Kubogining fevral oyida aniqlanadigan g`olibi ular qatoriga qo`shiladi. Qur`a natijasiga ko`ra quyidagi jamoalar guruhdan joy oldi. “A” guruhi: Rossiya , Yangi Zelandiya, Portugaliya, Meksika; “B” guruhi: Afrika chemioni, Chili, Avstraliya, Germaniya. | |
|
Всего комментариев: 0 | |
|
|