Главная » SPORT YANGILIKLARI

Krishtianu Ronaldu Messi haqida fikrlarini oshkor qildi






Krishtianu Ronaldu Messi haqida fikrlarini oshkor qildi


Portugaliya terma jamoasi a’zosi, “Real Madrid” futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu OAVga bergan intervyusida Lionel Messi haqida fikrlarini oshkor qildi.
 
“Aslida OAV mening Messi bilan o‘zaro munosabatimni raqobat sifatida bo‘rttirib ko‘rsatadi”, deydi Krishtianu.
 
“Barselona” a’zosi Lionel Messi bilan raqobatga jiddiy e’tibor bermaslikni so‘ragan Ronaldu “Biz Messi bilan do‘st emasmiz, biroq bir-birimizga hurmat bilan qaraymiz”, deya qo‘shimcha qildi.
 
Krishtianu Ronaldu intervyu davomida bir qator futbol yulduzlari borasidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi. Xususan, Zeyniddin Zidan haqida quyidagi fikrni bildirib o‘tdi:
 
“Zidan jamoani tetiklashtirishda eng ideal namuna. Uning bu taktik usuli orqali o‘tgan yili chempionatni yaxshi natija bilan tugatdik, Liga chempionatida g‘alabaga erishdik. Men uchun o‘tgan yilgi mavsum “Real” tarkibidagi eng yaxshisi bo‘ldi. Zidan esa jamoa uchun munosib murabbiy”.
 
U fikrlarini davom ettirgan holda murabbiy Aleks Fergyuson haqida ham to‘xtalib o‘tdi. 
 
“Aleks Fergyuson menga otamdek. Albatta, har bir murabbiy men uchun muhim, lekin men “Manchester Yunayted”ga kelganimda, juda yosh edim. Aynan ser Aleks Fergyuson yordami bilan tez orada jahonning yirik klublari nazariga tushdim”.
 
Joze Mourinyu haqida:
 
“Shu vaqtgacha ko‘plab murabbiylar bilan ishlagan bo‘lsam, Mourinyu o‘tkir tafakkuri bilan doim hayron qoldirgan. U mayda detallargacha chuqur tahlil etar edi”.
 
Futbolchi Eshli Koul haqida:
 
“Eshli Koul, hatto, nafas rostlash uchun imkon bermaydi. U maydonda juda tez harakatlanadi. U bilan o‘ynash hech qachon oson bo‘lmagan”.
 
Krishtianu Ronaldu o‘zi uchun Pepeni raqobatchi bo‘lishi mumkin, deya ta’kidladi. Pepe maydonda bor kuchi bilan harakat qilishini e’tirof etdi

Источник: qalampir.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI | Добавил: AdminoFF (27.10.2016)
Просмотров: 1773 | Теги: Krishtianu Ronaldu, Messi | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar