Kundalik rasiondagi shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin?


Taomnomangizdan sevimli desertlaringizni olib tashlash shartmikan? Ularning o‘rnini nima bosishi mumkin?
Har bir inson qaysidir ma’noda shirinlikxo‘r bo‘ladi. Kimdir pishiriq va konfetlarni sevsa, kimdir ertalab bir bo‘lak achchiq shokolad iste’mol qilishni xush ko‘radi. Yana kimdir shirinlik tarkibida inson organizmini zaharlovchi moddalar mavjudligi uchun iste’mol qilmasligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham desertlar zararlimi?
Barcha shirinliklarda birinchi navbatda uglevod mavjud bo‘ladi, ular bir lahzada qonga so‘riladi. (Ko‘pchilik shirinlikni miya va muskullar faoliyatini mustahkamlash uchun iste’mol qilyapman deb o‘zlarini “oqlashadi”). Shirinlikni ko‘p miqdorda tanovul qilish nafaqat ortiqcha vaznni, balki diabet kasalligini ham keltirib chiqaradi. Och qoringa tushgan shirinlik oshqozon osti bezi faoliyatini tezlashtirgani bois, ko‘p miqdorda insulin gormonini ishlab chiqaradi. Organizmda insulin gormonining ortib ketishi, saraton kasalligining rivojlanishiga olib keladi.
Bu muammoni qanday hal etish mumkin? Barchaga qulay bo‘lishi uchun eng mashhur shirinliklarni yodga olib, ularning o‘rniga nimalar iste’mol qilish mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.
1. Shokolad
Shokoladni tarkibida shakar emas, kaloriya jihatdan teng bo‘lgan, ammo tarkibida fruktoza mavjud bo‘lgan yoki tabiiy shakar o‘rnini bosuvchi modda qo‘shilgan foydali shokolad bilan almashtirish mumkin. O‘zingiz uy sharoitida jele, muss, kokteyllar qo‘shilgan desertlar ham pishirsangiz foydadan xoli bo‘lmaydi. Achchiq shokoladni bir kunda to‘rt bo‘lakdan ortiq iste’mol qilish ham insonga hech qanday ziyon yetkazmaydi!
2. Muzqaymoq
Uy sharoitida ham sutga yoqimli ta’m beruvchi protein, mevalar, kefir, yong‘oq va kokos qirindisi qo‘shilgan muzqaymoq tayyorlashingiz mumkin. Yuqorida nomlari keltirilgan barcha mahsulotlar blenderda arashtirilib, kechasi bilan muzlatkichga solib qo‘yiladi. Shakar o‘rniga banan qo‘shiladi. Agar uy sharoitida muzqaymoq tayyorlashga erinsangiz, tarkibida mevalar bo‘lgan barcha muzqaymoq turlarini bemalol iste’mol qilishingiz mumkin, ularda shakar miqdori kam bo‘ladi.
3. Pishiriq va konfetlar
Foydali reseptlarni qidirib topish, pishiriq pishirishni o‘rganish uchun yaxshi bahona bo‘la oladi. Turli yormalardan tayyorlangan keks, suli yormasidan tayyorlangan pechene, xurmo va ishtaha ochar mevalar qo‘shib tayyorlangan konfetlar shular jumlasidandir. Pishiriq pishirayotganda guruch, makkajo‘xori unlaridan foydalansangiz nur ustiga a’lo nur.
O‘z qo‘lingiz bilan shirinlik va pishiriqlar tayyorlasangiz, uning tarkibi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lasiz. Desert ko‘nglingizdagiday, foydali va to‘yimli chiqadi.
Shirinlik tanovul qilishni unutish uchun bir necha maslahatlar mavjud:
• Agar tasodifan bitta “Snikers” yeb qo‘ysangiz, xavotirlanmang! Bu bir sutka davomida inson organizmi uchun zarur bo‘lgan kaloriya miqdoriga teng, faqat boshqa yemang. Nafsingizni tiying!
• Ko‘proq oqsil moddasiga boy mahsulotlarni iste’mol qilsangiz, shirinlik yeyishga kamroq intilasiz.
• Agar judayam shirinlik iste’mol qilishni istasangiz, yalpiz chaynang. Yalpiz ta’mi ochlik hissini yo‘qotadi.
• Agar xayolingiz shirinlikka ketadigan bo‘lsa, o‘zingizni chalg‘itib, kitob o‘qing, raqsga tushing, toza havoda sayr qiling, yaqinlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.
• Bir bo‘lakkina tort yeyishni istasangiz, shoshilmang! Uni mayda bo‘laklarga bo‘ling. Shunday qilsangiz, uning kaloriyasi ham parchalanadi. Tort bo‘lakchalarini atrofingizdagi insonlarga ham ulashing. Unutmang, boshqa odamlarni mehmon qilish ham kishiga lazzat bag‘ishlaydi.
Manba: ELLE


Категория: SOG'LIK (SIXAT-SALOMATLIK) | Теги: Kundalik rasion, shirinlik
Просмотров: 1568 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 10:51
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz