Главная » 2016 » Ноябрь » 8 » Kuyov qaynotasi to`ydan oldin va`da qilingan mashinani olib bermagani uchun ajrashishga ariza berdi
22:41
Kuyov qaynotasi to`ydan oldin va`da qilingan mashinani olib bermagani uchun ajrashishga ariza berdi






Respublika bo`yicha eng ko`p ajrashish Toshkentda (32 foiz) kuzatilmoqda. Masalan, joriy yilning 9 oyida shahar bo`yicha 3442 ta ajrashish qayd etilgan. Bu haqda “Oila davrasida” gazetasiga asoslanib, “1news.uz” nashri xabar bermoqda.

“Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qo`yishimiz va bir qator ishlarni qayta ko`rib chiqishimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlash va yoshlarni turmushga tayyorlash bo`yicha qiladigan ishlarning ko`pchiligi rasmiyatchilik uchungina bo`lib qolyapti”,  deydi O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Elmira Bositxonova.

Oliy Majlis Senatining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Zayniddin Nizomxo`jaevning fikriga ko`ra esa, ko`p hollarda yosh kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajrashib ketmoqda.

“Yana bir arizada qaynota kuyoviga to`ydan oldin va`da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto`ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog`i bor o`zbek yigitining shu darajaga borishining o`zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?” deydi Senat qo`mita raisi Z.Nizomxo`jaev.
Категория: AVTO OLAM | Просмотров: 1097 | Добавил: AdminoFF | Теги: Kuyov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0

Добавить коментарий

Имя *:
Email:
Подписка:1
Код *: