Главная » SHOU-BIZNES habarlari

“KVN”da millatini kulgiga qoldirgan o`zbek aktrisasi Sitora Farmonova lisenziyasidan mahrum bo`ldi




 

Lisenziatlar Sitora Farmonova, Sarvar Azimov va Komil Fozilov (Sarvar va Komil) tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar muntazam ravishda buzilganligi sababli, ushbu xonandalar nomiga berilgan lisenziyalarning amal qilish muddati tugatildi. Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Darakchi.uz nashriga kelib tushgan ma`lumotlarga ko`ra, Rossiyaning “Perviy” telekanalida efirga uzatilgan “KVN” ko`rsatuvida aktrisa Setora Farmonova Qirg`iziston Respublikasining "Aziya MIX" jamoasi nomidan ishtirok etgan. Uning chiqishida jamoa uni “o`zbekistonlik aktrisa Evropaga o`ziga er qidirib kelgan. Uni bunga o`zbek eri majbur qildi”, qabilidagi hazillar bilan o`zbek millatini ustidan kulish kuzatilgan. 

“Nahotki O`zbekiston nomidan ishtirok etgan aktrisa o`z yurtini va uning qadriyatlarini shu darajada erga urishga qo`yib bergan bo`lsa”, – deb yozadi Darakchi.uz nashriga ko`rsatuvni tomosha qilganlardan biri.

Yuqorida nomlari qayd etilgan san`atkorlarning lisenziyasi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qaroriga asosan 19 iyuldan tugatildi.

“O`zbeknavo” O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san`atkorning burchi ekanligini yana bir bor san`atkorlarga eslatib qo`ydi.


Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (19.07.2016)
Просмотров: 1088 | Теги: Ozbeknavo, Sitora Farmonova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar