Ledi Gaga “Yil ayoli” deb topildi


AQShning Billboard jurnali xonanda Ledi Gagani “Yil ayoli” deb e’lon qildi. Tengrinews xabariga ko‘ra, ajabtovur xonanda mukofotni 11-dekabr kuni Nyu-Yorkda tashkil etiladigan tantanali marosimda qabul qilib oladi.
Ekspertlarning qayd etishicha, Ledi Gaga nafaqat o‘ziga xos san’atkor, balki qat’iyat, chidamlilik, mardonavorlik timsoli hamdir. Uning tomoshabop shou-dasturlari, xayriya va ma’rifatparvarlik faoliyati, yoshlar bilan olib borayotgan ishlari hamda teng huquqlilik yo‘lidagi kurashi “zamonaviy dunyodagi media-yulduz roliga yangicha nazar tashlashga undaydi”.
Qayd etish joiz, Ledi Gaga mazkur yangilik Twitter’dagi sahifasi orqali munosabat bildirishga ham ulgurdi. “Billboard meni “Yil ayoli” deb topganiga ishongim kelmayapti! Katta rahmat! Men haqiqatan ham juda, juda, juda mamnunman. Yo Xudo, qanday ajoyib tong!”, — deb yozdi xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yili amerikalik boshqa bir xonanda — Teylor Svift “Yil ayoli” deb topilgandi. Ungacha Billboard yo‘nalishi bo‘yicha bu maqomni Beyonse, Keti Perri va Ferji qo‘lga kiritgan.


Категория: KINO YANGILIKLARI | Теги: Ledi Gaga, Yil ayoli
Просмотров: 876 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:05
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz