Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Lola Karimova-Tillayeva otasi qabri ziyorati chog‘ida yuz bergan holat haqida hikoya qildi






Tatyana Karimova, Lola Karimova-Tillayeva va uning turmush o‘rtog‘i Temur Tillayev 8-oktabr, shanba kuni Samarqand shahrida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Lola Karimova-Tillayeva otasi qabri ziyorati davomida yuz bergan holat haqida hikoya qildi.
 
“Bugun turmush o‘rtog‘im va onajonim bilan birgalikda rahmatli otamning qabrlarini ziyorat qildik. O‘sha damlarda qalbimizdan kechgan hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyindir. Qo‘limdagi gulga kelib qo‘ngan oq kapalakni biz dadamlarning u dunyolari obod ekanligining ramzi deya qabul etdik. Qayerda bo‘lmayin, ular hamisha qalbimdalar”, — deya izoh qoldirdi Lola Karimova-Tillayeva.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (09.10.2016)
Просмотров: 880 | Теги: Lola Karimova | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar