Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Lolaning qizi Shahina ilk bor katta sahnada qo‘shiq kuyladi, keyinroq bokschi Hasanboy Do‘stmatov zalga chiqib keldi



Xonanda Lolaning uch kunlik konsert dasturidan birinchisiga tashrif buyurgan “Darakchi” nashri unda sodir bo‘lgan voqealar haqida hikoya qildi.
Lola duetdoshi Shohruxxon bilan qo‘shiq kuylagach, unga murojaati bilan hammani kuldirdi, deb yoziladi sharhda. “Bugun Shohruxxon nimadandir uyalyapti. Asal siz bilan birga kelganmidi? U zaldami?”, — deb Lola sahnada tortinchoqlik bilan qo‘shiq kuylagan Shohruxxonga hazil bilan yuzlangan.
 
Shohruxxon esa Lolaning savollariga javob qaytarmay, zalni o‘sha-o‘sha tortinchoqlik bilan tark etgan.


Shuningdek, konsert davomida Lolaning to‘ng‘ich farzandi Shahina ilk bor qo‘shiq kuylagan. Onasining yoshligini eslatuvchi bu qizcha “Erkatoy” qo‘shig‘ini mahorat bilan ijro etdi, deb yozilgan “Darakchi” maqolasida.



Xonanda Lola navbatdagi qo‘shig‘ini ijro etib bo‘lgach, kiyimini almashtirish uchun sahna ortiga o‘tib ketgan. Zaldagi chiroqlar o‘chirildi va sahnada to‘rt raqqos paydo bo‘ldi. Ular qo‘llaridagi uzun arqon bilan ramziy ringni hosil qildi. Birozdan so‘ng musiqa sadolari ostida ringda bokschi paydo bo‘ldi. Dastlab, uni hamma raqqoslardan biri deb o‘yladi. Biroq u Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov edi. Boshlovchi uni tanishtirganida, muxlislar bokschini hayajon bilan olqishladi.

Do‘stmatovdan so‘ng ringga yana bir ‘bokschi’ kirib kelgan. Oppoq kiyimdagi bu ‘bokschi’ esa reper Shahriyor bo‘lib, u Lola bilan birga ‘Ko‘nikmadim’ duetining yangi talqinini ijro etgan.

Источник: gooper.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (22.11.2016)
Просмотров: 928 | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar