Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Lolaning yangi qo‘shig‘ini tayyorlash yo‘lida “Ummon” va “Benom” birlashdi





Xonanda Lolaning yangi “Bilmaysan” nomli qo‘shig‘ini tayyorlash yo‘lida “Ummon” va “Benom” guruhlari ijodkorlari birlashdi. Lolaning o‘zi Instagram’da yozib qoldirgan xabarida bu voqeani “imkoni yo‘q hodisa” deb ta’rifladi.
“Imkoni yo‘q hodisa yuz berdi — bir-biri bilan yashirincha raqobat qiladigan ikki mustaqil, iqtidorli ‘Benom’ va ‘Ummon’ guruhlari bir loyiha ustida birlashdi. Ijod yo‘lida ular barcha prinsiplarni bir chekkaga surib, menga ajoyib qo‘shiq tuhfa etishdi”, — deb yozadi Lola.
 
Xonandaning ta’kidlashicha, qo‘shiq uchun “Ummon” guruhi solisti Zohid “hissiyotlarga to‘la so‘zlar” yozib bergan, “Benom” guruhi yigitlari esa “juda zo‘r ovoz”ni hozirlagan. “Ularga ulkan minnatdorchilik izhor qilishni istardim”, — deya qo‘shimcha qildi Lola.
 
Qo‘shiqning audiopremyerasi 7-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Avvalroq mazkur qo‘shiq uchun videoklip suratga olinayotgani haqida xabar berilgan edi.
 

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (05.11.2016)
Просмотров: 857 | Теги: Lola | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar