Главная » SHOU-BIZNES habarlari

Madina Mumtoz uchun bugungi kun omadsiz boshlandi





Aktrisa va xonanda Madina Mumtoz o`zi bilan bog`liq ko`ngilsiz holatni Instagram`dagi sahifasi orqali ma`lum qildi.   

Madina ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga Captiva rusumli avtomobilining orqa oynasi sindirib ketilgani aks etgan suratni joyladi va uni quyidagicha izohladi: 

“Mana bizning xayrli kun. O`g`rilarni to`g`ri yo`lga boshlasin Alloh. Kelgan balo qazo shunga ursin. Mashinalarni ko`chada qoldirmang”

Suratlardan ma`lum bo`lishicha, xonandaning shaxsiy avtomobilining orqa oynasi noma`lum shaxslar tomonidan urib, sindirilgan. Madina izohlardan biriga javoban bunday holat uchinchi marta yuz berayotgani va hatto bunga ko`nikib qolganini ham bildirib o`tgan
.

Источник: darakchi.uz
Категория: SHOU-BIZNES habarlari | Добавил: AdminoFF (03.08.2016)
Просмотров: 423 | Теги: Madina Mumtoz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar