Главная » MAXALLIY YANGILIKLAR

Malayziyadan O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchilarga Galaxy Note 7 ni samolyot bortiga olib chiqish taqiqlandi






Malayziya Davlat avianazorati koʻrsatmasiga binoan hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida Malayziyadan uchib keladigan yoʻlovchilarga “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi havo kemalari bortiga Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarini olib chiqish taqiqlanadi. Bu haqda O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, cheklovlar Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketish holatlari munosabati bilan kiritildi.
 
“Malayziyadan uchib kelayotgan yoʻlovchilar Galaxy Note 7 smartfonini qoʻl yuki sifatida olib ketishi, bagajga topshirishi yoki mamlakatdan uchib ketadigan qatnovlarda yuk sifatida joʻnatishi mumkin emas. Ushbu koʻrsatmaga qat’iy rioya etishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.

Источник: Daryo.uz
Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Добавил: AdminoFF (21.10.2016)
Просмотров: 186 | Теги: Galaxy Note 7, O‘zbekiston havo yo‘llari” | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar