Malayziyalik ayolga olti metrlik ilon hujum qildi

Malayziyalik ayol xavfli ilon hujumiga uchradi, deb  xabar berdi AsiaOne. 


Voqea 25-may kuni 47 yoshli Xalifa Otman (Halifah Othman)ning axlat tashlash uchun ko‘chaga chiqqanida sodir bo‘lgan. Ilon uning oyog‘ini o‘rab olgan. Ayolning baqirganini eshitgan uning ikki o‘smir o‘g‘li Mod Rasul Abdulla (Mohd Rasul Abdullah) va Mod Aziz (Mohd Aziz) yordamga kelgan. Bolalarning onasini qutqarish uchun qilgan harakatlari foyda bermagan.

Mahalliy aholining bir nechtasi bunga guvoh bo‘lgan va mechete (qilich) bilan ilonni kesgan. Oyog‘i, qo‘li va boshidan jarohatlangan Otman Kulim shahridagi kasalxonaga yetkazilgan.

“Onamning ahvoli uncha yaxshi emas, u hali xam davolanmoqda, — deydi ayolning 16 yoshli o‘g‘li Rasul Abdulla. — Ilonni uyimiz yaqinida ko‘mib qo‘ydik”.



Категория: DUYNO XABARLARI
Просмотров: 7224 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 00:11
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz