“Manchester Siti” futbolchilari sport olamida eng ko‘p maosh olishi aniqlandi

Angliyaning “Manchester Siti” futbol klubi eng ko‘p maosh oluvchi sport klublari ro‘yxatida ketma-ket ikkinchi yil yetakchilik qildi. Bu haqda championat.com xabar berdi.

Sporting Intelligence kompaniyasining ESPN bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra, “Manchester Siti” futbolchilari ayni paytda haftasiga 103 ming funt sterling ($ 156 ming) maosh oladi. Har bir o‘yinchining o‘rtacha yillik daromadi 5,3 million funt sterling ($ 8,1 million)ni tashkil etadi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida “Nyu-York Yankiz” beysbol klubi joylashdi. Yana bir beysbol jamoasi “Los-Anjeles Dodjers” uchinchi pog‘onani egalladi. Top beshtalikni Ispaniyaning “Real” va “Barselona” futbol klublari yakunladi.

Shuningdek, Angliya premyer-ligasi futbol dunyosida eng ko‘p daromad olishi ma’lum bo‘ldi: har bir o‘yinchi yiliga o‘rtacha 2,27 million funt ishlab topadi.

Reytingning birinchi yigirmataligiga beshta ingliz jamoasi kirdi. U yerda “Manchester Siti”dan tashqari, “Manchester Yunayted” (yiliga 4,3 million funt), “Chelsi” (4 million funt), “Arsenal” (3,9 million funt) va “Liverpul” (3,4 million funt) bor.



Категория: SPORT YANGILIKLARI | Теги: Manchester Siti
Просмотров: 1516 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 11:34
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz