Mansabdor shaxslar chet elga maxsus ruxsat bilan chiqadi

O‘zbekistonda yuqori lavozimdagi mansabdor shaxslar endilikda xorijga faqat mamlakat Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devoni tegishli xizmatlarining maxsus ruxsati bilan chiqa oladi. Bu haqda "Gazeta.uz” xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidentining 5-martda qabul qilingan "Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risi”dagi qarori amaldorlarning xizmat safari samaradorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizligini ta’minlash va davlat sirlarini saqlash maqsadida qabul qilingan.

Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinganlar qatoriga Bosh Vazir, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining rahbarlari va o‘rinbosarlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi sudyalari kabi davlat hokimiyatining barcha yuqori mansabdor shaxslari kirgan. To‘liq ro‘yxat hujjatda keltirilgan.



Категория: MAXALLIY YANGILIKLAR | Теги: chet el, Mansabdor shaxs
Просмотров: 1259 | Рейтинг: 0.0/0

Похожие материалы

ПРОФИЛЬ
Время: 13:14
Добро Пожаловать, Гости
 
Логин:
Пароль:
Copyright © MP3LAR.COM 2016-2024 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. | Сделать бесплатный сайт с uCoz